Deputatlik eshituvi: Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo Kengashning faoliyati tahlil qilindi

25.11.2022, 17:04

Deputatlik eshituvi: Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo Kengashning faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvida Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo Kengashning amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindi. Unda deputatlik guruhi a’zolari, mutasaddi rahbarlar, Oliy Majlis senati a’zolari ishtirok etdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, viloyatda jami nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 47 358 nafarni tashkil etib, 43 152 nafari ishsiz.

Joriy yilda nogironlik maqomiga ega bo‘lgan 38531 nafar nogironlar xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasida aniqlangan muammolar asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xatlov jarayonida 4104 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zgalar yordamiga muhtojligi aniqlangan.

Xatlovdan keyin qayta o‘rganish jarayonida 4104 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslardan 4 nafari yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ro‘yxatiga olingan. Xatlov jarayonida jami 6 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar Muruvvat internat uylariga joylashishga muhtojligi aniqlangan.

 Xatlov natijalarini qayta o‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslardan 267 nafarining sixatgohda davolanishga muhtojliklari aniqlandi. 84 nafari sixatgoh yo‘llanmasi bilan ta’minlanib, sog‘liklari tiklandi.

Shuningdek, buyrak va jigar transplantatsiya qilishga muhtojligi aniqlangan 671 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va 437 nafarida endoprotezlash, 154 nafarida stendlash, 7 nafarida koxlear implantant o‘rnatish operatsiyalari o‘tkazildi, shuningdek, buyrak yoki jigar transplantatsiya qilishga muhtoj 20 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga buyrak yoki jigar transplantatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy ta’lim dargohlarida, sport,  trnasport boshqarmalarida  nogironlar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar xususida ham amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida G’.Abduraxmonovga aholini qiziqtirgan va qiynayotgan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Deputatlar tomonidan nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshlarni, xotin-qizlarni ishga joylashtirishda muammolarning borligi, ular jamiyatda o‘zlarini erkin, to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishlari uchun sharoitlarning yetarli emasligi tanqid ostiga olindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan qatlam manfaatlarini himoya qiluvchi karlar, ko‘zi ojizlar, nogironlarni himoya qilish nodavlat jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib, yaxshi shart sharoitlar yaratib berish, oylik maoshlari to‘lab berilishini ta’minlash, bunga viloyat mas’ullarining e’tiborini qaratish lozimligi ta’kidlanib, taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.

NASIBA VAISOVA,

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+