“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi

28.11.2022, 15:13

“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan deputat Usmonjon Shomuratov rahbarlik qilayotgan “Buxorobaliq” MChJda baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda baliqchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Bugungi kunda ushbu korxonada 175 gektar sun’iy suv havzasi barpo qilingan. Shundan 50 gektar maydondagi suv havzasiga chovoq yetishtiriladi. 100 gektar maydonda tayyor mahsulot sifatidagi baliq parvarishlanmoqda. 25 gektar maydonda 4 xil turdagi bir qator naslli baliqlar ham yetishtirib kelinmoqda. Korxonada jami 10 ga yaqin baliq turlari parvarish etilmoqda.

– Ishlab chiqarish sexlarida umumiy qiymati 15 mlrd so‘m loyiha asosida yangi zamonaviy uskunalarni o‘rnatganmiz, – deydi “Buxorobaliq” MChJ direktori U.Shomuratov. – 674 ming 800 AQSh dollari miqdoridagi  kredit mablag‘i “Ipotekabank” hisobidan ajratildi. Korxonamizda Xitoy Xalq Respublikasidan yetkazib berilgan baliqlarga omuxta yem ishlab chiqarish uskunasi, intensiv usulda baliq yetishtirishga mo‘ljallangan yopiq suv havzasi (UZV) barpo etilgan bo‘lib, baliqlarni iste’molchilarga tayyor holda yetkazish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalardan keng foydalanilmoqda. Ushbu uskunalar yordamida baliq go‘shtini qayta ishlab, kolbasa, sosiska, kotlet, tiftel mahsulotlari tayyorlanmoqda. Korxonaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida keyingi paytda shok usulidagi muzxona, tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni saqlash uchun 200 tonnalik muzxona omborlari, aerator va motorli qayiqlar olib kelindi.

Seminar ishtirokchilari korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida korxona rahbari U.Shamurotovga O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tashakkurnomasi topshirildi va partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    749
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+