Partiya faollari kichik sanoat zonasidagi korxonalar ish faoliyati bilan tanishdi

28.11.2022, 15:14

Partiya faollari kichik sanoat zonasidagi korxonalar ish faoliyati bilan tanishdi

Vobkent tumanidagi “Xalach” MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasi faoliyati O’zLiDeP tuman Kengashi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilib, 2021-2022 yilllar davomida 10 ga yaqin ishlab chiqarish va oilaviy korxonalar tomonidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilganligiga ishonch hosil qilindi.

Umumiy qiymati 104 mlrd 733,6 mln so‘mdan iborat, 16 ta istiqbolli loyiha ijrosiga kirishilganligi shu maqsadda jami 4,5 gektar maydon ajratilganligi e’tiborga sazovor. Muhimi ushbu hududda joriy yil oxirigacha 380ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, plastik quvurlar va jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “VOBKENT OLTIN BOSHOQ” oilaviy korxonasi, “NARSHAXIY AHMAD AMON” MChJ, shuningdek, sanitar-gigiyena yuvish vositalari ishlab chiqarilayotgan “ZARIPOV NUR BIZNESS” oilaviy korxonasi, Polietilen paket va salfetka ishlab chiqarilayotgan “BREND PAKET” MChJ, Sifatli elektr qurilma vositalari tayyorlanayotgan“GLOBAL PLUS ENERGY” MChJ va boshqa bir qator ishlab chiqarish sub’ektlarda ish qizg‘in.

Vobkentdagi kichik sanoat zonalari uchun 28 ta LOT ajratilgan Xalach MFY dagi ushbu zonada 30 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. 11 ta loyihaning umumiy qiymati 93 mlrd so‘mni tashkil etadi. Barcha loyihalar ijrosi ta’minlangach jami 307 ta ish o‘rni yaratiladi.

  • Ko'rildi
    255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+