Chiroqchilik tomorqachi opa xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi

28.11.2022, 17:23

Chiroqchilik tomorqachi opa xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi

O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan   “Dam” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Maxfirat Berdiyorova xonadonida “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi.

Xonadon bekasi 12 sotix tomorqasidan ellik million so‘mga yaqin daromad qilib, ro‘zg‘origa baraka kiritayapti. Ikkita issiqxona tashkil etilgan bo‘lib,  yil davomida limon, mandarin, apelsin, qulupnay, ko‘katlar kabi mahsulotlar yetishtirilmoqda. To‘qsonbosti ekinlar yetishtirishda ham Maxfirat opaga teng keladigani topilmaydi. Oilada besh nafar kishi ish bilan ta’minlangan.   

-O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi amaliy mashg‘ulotlar uyda bekor o‘tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda yaqindan yordam berayapti, - deydi O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi, viloyat kengashi deputati Momosuluv Berdiqulova. – Asosiy maqsad - mahallalarni aniq mahsulot turiga ixtisoslashtirish, yiliga 2-3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘ygan tomorqachi ayollar ish tajribasini ommalashtirish, “bir mahalla bir mahsulot” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish asnosida yerlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirib, xalqimizning dasturxoni to‘kinligini ta’minlashdan iborat.

  • Ko'rildi
    339
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+