Deputat va partiya faollari ko‘magida 50 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
29.11.2022, 14:52

G’ijduvon tuman markazidagi “Dilkash” tantanalar maskanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, mehnat faxriysi Raxmad Maxmudovning tashabbusi hamda hududdagi saxovatpesha homiylar ko‘magida MFYlardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar farzandlaridan 50 nafarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi.
Tantanada tuman rahbariyati, mahalliy Kengash deputatlari, keng jamoatchilik vakillari, to‘ybolalarning ota-onalari hozir bo‘ldilar.
To‘kin dasturxon atrofidagi mahalliy san’atkorlar va ijrochi yoshlar tomonidan kuylangan dilrabo qo‘shiqlar, ijro etilgan jozibali raqslar barchaga xushnudlik baxsh etdi.
Bolajonlarga to‘y sarpolari kiydirilib, ularga homiy tashkilotlarning sovg‘a-salomlari ulashildi. Ayniqsa bolakaylar sevib tomosha qiladigan multfilm qahramonlari timsollari davraga o‘ziga xos shukuh bag‘ishladi.
Bunday bayramona tadbirlar va xalqimizning azaliy urf-odat va an’analari bolajonlar xotirasiga bir umrga muhrlanib qolishi turgan gap.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring