"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi hamda G’uzor tuman kengashi hamkorligida "Uzbekistan GTL" MChJDA “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili Davlat dasturi doirasida O‘zLiDePning ustuvor vazifalari, unda BPTlarning o‘rni va roli” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Jamiyat ishchi xizmatchilari, partiya faollari, deputatlar ishtirok etgan musohabada siyosiy kuchning o‘tgan yillar mobaynidagi faoliyati tahlil etilib, Taraqqiyot strategiyasi va partiya Saylovoldi dasturidagi maqsad va vazifalarni bajarishda partiya faollari, deputatlar zimmasidagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
-Jamiyatimizda 140 nafar partiya a’zolari bo‘lib, ular ishchi-xizmatchilar o‘rtasida dasturiy maqsadlarimizni keng targ‘ib qilmoqdalar,- deydi “Uzbekistan GTL” MChJ boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Shokir Qodirov. - Bugungi tadbirda boshlangich partiya tashkiloti faoliyatini jonlantirish, a’zolarni partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir so‘ngida o‘n nafar bilimdon va iqtidorli yoshlar partiya safiga qabul qildik.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
-
Baxshilar maktabida yangi a’zolar qabul qilindi
25.11.2022, 16:53
Fikringizni qoldiring