Deputatlik eshituvi: Samarqandda oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
29.11.2022, 15:00

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda ikkita doldzarb masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqand shahrida ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlar holati hamda Samarqand shahrida chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Samarqand viloyat bozorlar uyushmasi rahbari T.Mamadaliyevning kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan axbaroti eshitildi.
Ta’kidlangidek, bozorlarda narxlar barkarorligini ta’minlash, narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishini hisobga olgan holda bayram kunlari yarmarkalar tashkil qilinib, qishloq-xo‘jalik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. Jumladan, jami 4347,6 tonnadan ibora kartoshka, piyoz, sabzi, har-xil sabzavotlar, un, guruch va dukkakli mahsulotlar, mol va parranda go‘shti, baliq, shakar, paxta va kungaboqar yog‘i, tuxum kabi mahsulotlar sotildi.
Kuz-qish mavsumida narx-navoni oshib ketishini oldini olish maqsadida asosiy turdagi qishloq-xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi shakllantirildi. Unga ko‘ra jami 3640 tonna shu jumladan, 1422 tonna kartoshka, 1023 tonna piyoz, 432 tonna sabzi, 763 tonna guruch mahsulotlari zaxirasi jamg‘arildi.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan aholini muntazam arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlan va narx-navo barqarorligini ushlab turish borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Deputatlar shuningdek Samarqand shahar hokimligi huzuridagi “Maroqand obod” DUK direktori R.To‘lqinovning axborotini ham tinglashdi.
“Maroqand obod” davlat unitar korxonasi ustaviga ko‘ra o‘ziga biriktirilgan Samarqand tumanidagi mahallalarda va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlarda to‘plangan maishiy chiqindilarni olib chiqish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Korxonada 127 dona transport vositalari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 111 ta axlat tashuvchi maxsus avtomashinasi mavjud bo‘lib, 14 dona chiqindi tashuvchi avtomashinalar ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Mazkur korxona tashkilotlar va mahallalarda xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholidan qarzdorliklarni undirishda, chiqindilarni qayta ishlashda muammolar borligi aytib o‘tildi.
Deputatlar mazkur MChJning ham hisobotini eshitib, tegishli qarori qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring