Ishchi guruh Jizzaxdagi kichik sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi
30.11.2022, 11:54

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruxitdinov va partiya Jizzax viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyati hududidagi kichik sanoat zonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Dastlab, ishchi guruh a’zolari Jizzax shahar So‘loqli MFY hududida tashkil qilingan kichik sanoat zonasida bo‘ldilar.
Hududda faoliyat olib borayotgan "HAQIQAT-OTABEK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan bezaklangan oyna mahsulotlari, “"AS-SHAR BIZNESS" MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotlari shuningdek, "XALQOBOD DIZAYN METAL" MChJning trikotaj mahsulotlari hozirdanoq o‘z xaridorlarini topib ulgurgan.
Sharof Rashidov tumanidagi Sayxon MFY hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi “Jizzax taraqqiyot saxovati” MChJ esa qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Loyiha quvvati 2 mlrd. 804 mln. so‘mdan oshiq bo‘lgan mazkur korxonada ayni paytda 12 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Tanishuv davomida kichik sanoat zonalarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar, ularning yechimiga oid taklif va mulohazalar o‘rganib chiqildi.
Sirojiddan Axmatov,
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar
va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
-
Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30
-
Eksport – taraqqiyotimizni jadallashtiruvchi muhim omil
25.11.2022, 17:06
Fikringizni qoldiring