Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

30.11.2022, 15:26

Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi mahallalar, korxona va ta’lim muassasalarida bo‘lib, fuqarolar, ishchi-xizmatchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda, ularni o‘ylantirayotgan masalalar hamda mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etishga e’tibor qaratilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova Buvayda tumanidagi Tibbiyot texnikumida o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Muloqot davomida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va ushbu sohani yanada isloh qilishga qaratilgan qator qaror va farmonlarning qabul qilinishi, shifokorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yaqinda qabul qilingan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar xususida ham ma’lumot berildi. Xususan, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shartligi belgilanmoqda. Bundan tashqari, ishga qabul qilish bosqichlari, jumladan, ishga kirish tartiblari belgilanmoqda, da’vogarlar orasidan malakaliroq ishchilarni tanlashda ish beruvchining imkoniyatlari kengaytirilmoqda, “qayta ishga joylashtirish” masalasi hal etilmoqda. Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilgan. Xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlarini kompensatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda.

Deputat muloqotda shu kabi yangiliklarga to‘xtalar ekan, mazkur dargohning o‘qituvchi va yoshlarning ham fikr-mulohazalarini, takliflarini tingladi.

Tadbirdan so‘ng “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida texnikum hovlisiga turli manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazishdi.

Deputat Mavluda Ibragimova Buvayda tumanidagi Begobod qishlog‘i  nuroniylari, xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ayollarning muammo va takliflari, murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan turli masalalarga oid kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Deputat aholi bilan uchrashuvlari davomida Buvayda tumanidagi maktablar holatini o‘rgandi. Xalq vakili tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning umumiy ahvoli, isitish tizimi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. So‘ngra maktabning ko‘mir zaxira omborini ko‘zdan kechirdi. Maktab rahbariyatiga isitish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. O’rganishlar davomida mazkur maktab ancha yildan buyon ta’mirtalab holatda ekanligi, uni qayta kapital ta’mirlash lozimligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotga jo‘natildi.

  • Ko'rildi
    441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+