Deputat maktabda ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq darsda qatnashdi

30.11.2022, 15:32

Deputat maktabda ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq darsda qatnashdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova Uychi tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq darsda qatnashdi.  Ochiq darsda deputat ishtirok etgani o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ularning ota-onalariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Deputat Barno Mirzamova bugun ta’lim sohasida katta e’tibor qaratilayotganligi, maktablar soni ortishi, yangi binolar bilan ta’minlanishi, bu sa’y-harakatlarning zamirida kelajak avlodimiz bo‘lgan yoshlarimizni bilimli, ilm-ma’rifatli, ziyoli va o‘zining yetuk mutaxassislaridan bo‘lib yetishlari uchun amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof etdi. Mazkur maktab binosi ham qayta ta’mirlanib, bugun zamonaviy ko‘rinishga kelganligi, o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligini mamnuniyat bilan gapirib o‘tdi.

Muloqot jarayonida deputat o‘quvchilar bilan o‘zaro fikr almashdilar. O’quvchi yoshlarning ham fikrlarini tingladi. Deputat yoshlarga omadlar tilab qoldi. Ochiq dars so‘ngida mazkur maktab fondi uchun tarixiy va badiiy kitoblar jamlanmasini topshirdi.

  • Ko'rildi
    484
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+