OʻzLiDeP PRESS KLUBI: Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatidagi mavjud muammolar muhokama qilindi
30.11.2022, 15:36
“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud muammolar va ularni hal etish choralari muhokama qilindi.
Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, ularni muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash va yangilarini tashkil etish yuzasidan ko‘plab vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 24 ta maxsus iqtisodiy, 507 ta kichik sanoat va 210 ta yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan.
Maxsus iqtisodiy zonalarda qiymati 3 mlrd.dollarlik 573 ta loyihalar amalga oshirilib, ular tomonidan hisobot davrida 23,8 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 540,5 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.
507 ta kichik sanoat zonalarida qiymati 9,7 trln.so‘mlik 2 452 ta loyihalar amalga oshirilib, 72 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Hisobot davrida kichik sanoat zonalaridagi korxonalar tomonidan 7,5 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 157,3 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.
210 ta yoshlar sanoat zonalarida qiymati 1,3 trln.so‘mlik 780 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilgan va ular negizida 17 704 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan. Ushbu zonalarda joylashgan korxonalar tomonidan 256,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 1 mln.dollarga yaqin mahsulotlar eksport qilingan.
Bugungi kunda investorlarni jalb qilish maqsadida «E-AUKSION» elektron savdo platformasida erkin iqtisodiy zonalardagi 650 dan ortiq, kichik sanoat zonalaridagi 1500 dan ortiq, yoshlar sanoat zonalaridagi 1100 dan ortiq bo‘sh yer uchastkalari shaffof tarzda onlayn auksionga chiqarilgan.
Tadbir davomida erishilgan natijalar bir qatorda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi muammolar ham muhokama qilindi.
Jumladan, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash, energiya ta’minotidagi uzilishlar, yerlarni auksionga chiqarishdagi huquqiy asoslarni mustahkamlash, QQSning qaytarilishi, kreditlarni ajratishdagi qiyinchilar va boshqa ko‘plab masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Shu bilan birga, energiya ta’minotidagi uzilishlar tadbirkorlarga katta zarar keltirayotganligi, ishlab chiqarishda brak mahsulotlar ko‘payishi, ishlab chiqarish hajmlarining tushib ketayotganligi masalalariga ham kengroq to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun “O’zini-o‘zi energiya bilan ta’minlash” tashabbusi bildirilib, bunda tijorat banklarining uzoq muddatli, imtiyozli kreditlari yoki subsidiyalar hisobiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kengroq foydalanish takliflari bildirildi.
Tadbir yakunida OʻzLiDeP deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda partiya faollari bilan birgalikda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini jadallashtirish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Buvaydalik saylovchilar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi
17.04.2024, 22:13
-
Deputat dehqon bozorlarda narx-navolarni o‘rgandi
17.04.2024, 17:21
-
Shofirkonda partiya faollari xususiy MTTlar faoliyatini o‘rganmoqdalar
17.04.2024, 15:41
-
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Sayxunobodda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni o‘rganyapti
17.04.2024, 13:22
-
Aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
16.04.2024, 18:28
Fikringizni qoldiring