Deputat aholi bilan uchrashuvda qonunchilikdagi yangiliklar xususida ma’lumot berdi

30.11.2022, 15:47

Deputat aholi bilan uchrashuvda qonunchilikdagi yangiliklar xususida ma’lumot berdi

Qiziltepa tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yaqinda qabul qilingan Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari bo‘yicha olib borilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi sektor mudiri G’.Turg‘unov, partiyaning Navoiy viloyati Kengashi apparat rahbari M.Eshniyozov, Toshrabotda joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini xodim va fuqarolari, maktab o‘qituvchilari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda deputat A.Tulegenova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi, kiritilgan yangiliklar va uning dolzarbligi xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, 26 noyabr kuni davlat rahbarining Navoiy viloyatiga tashrifi, belgilab berilgan vazifalar, 2023 yilda viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari ham tinglanib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    244
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+