Deputat tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi

30.11.2022, 15:50

Deputat tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi

Boysun tumanidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov har oyda saylovchilar bilan uchrashib, ularning dardu-tashvishlarini tinglab keladi. Aholi muammolarini imkon qadar yechimini topishga harakat qiladi.

Deputatning bu galgi uchrashuvi ham samarali kechdi. Xalq vakili Boysun tumani sektor rahbarlari bilan birgalikda tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi. Muloqotda tadbirkorlar tomonidan jami 27 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar asosan tadbirkorlik qilish uchun yer ajratib berish, elektr va suv ta’minoti bilan ulanish, kadastr, imtiyozli kreditlar olish kabi masalalarda amaliy yordam so‘raldi.

Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyida yechim topilgan bo‘lsa, qolgan vaqt talab qilinadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi orqali o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+