Ta’lim sohasi xodimlari bilan qonunchilikdagi yangiliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar muhokama etildi

01.12.2022, 14:25

Ta’lim sohasi xodimlari bilan qonunchilikdagi yangiliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar muhokama etildi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, hududlarda o‘rganishlar olib bormoqdalar. Xususan, Qonunuchilik palatasi deputati Emma Aslonova Romitan tumani 2-sonli maktabda bo‘lib, tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari hamda maktab o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Muloqotda deputat tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangi normalarning mazmuni-mohiyati, uni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi Mehnat kodeksi haqida  ma’lumotlar berildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, partiya viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Bobomurod Ochilov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri, mahalliy Kengan deputati Raxima Atoyevalar ham so‘zga chiqib,  Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Deputatlik mas’uliyati, saylovchilar oldidagi majburiyatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga B.Ochilov tomonidan “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”, undagi ma’naviy rivojlanish masalalariga oid 5 - ustuvor yo‘nalishidan o‘rin olgan asosiy maqsad va vazifalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu strategiya asosida ma’naviyat sohasidagi hayotbaxsh islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishni yanada samarali va tizimli tashkil etishga ayniqsa pedagog-o‘qituvchilardan alohida jonbozlik talab etilishi alohida tilga olib o‘tildi. Ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamda mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashishda oila, maktab va mahalla xamkorligini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidladi. Strategiyaning 71-maqsadidan o‘rin olgan ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari" g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy xarakatga aylantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda  ishtirokchilari tomonidan turli xil mazmundagi murojaatlar ham kelib tushdi. Har bir murojaat bo‘yicha deputat E.Aslonova hamda partiya faollari o‘z fikr-mulohazalari bildirib, kerakli maslahat, tavsiya va ko‘rsatmalarini berdilar.

  • Ko'rildi
    195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+