Deputatlar viloyat transport boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitdilar

01.12.2022, 14:26

Deputatlar viloyat transport boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitdilar

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi                   qarori ijrosi yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Boqiyevning axboroti tinglandi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlab o‘tganidek, hisobot davrida 363 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga litsenziya va litsenziya varaqlari rasmiylashtirib berildi.

Ayni paytda viloyatda 1117 ta yuridik shaxslarga tegishli, 189 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda 1442 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tegishli jami 2748 ta litsenziyalangan yo‘nalishsiz taksilar mavjud.

Jizzax shahri hamda G’allaorol, Zomin tumanlarida yakka tartibdagi tashuvchilarning o‘z transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun “Akreditatsiya markazi” DUKda texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, Jizzax shahrida yo‘nalishsiz taksilarga agregatorlik xizmati ko‘rsatayotgan 7 ta korxona mavjud.

Umuman, Jizzax viloyatida jami 131 ta avtotransport korxonalari mavjud bo‘lib, ulardagi transport vositalari soni 3544 tani tashkil etadi.

Shundan, 345 ta avtobus, 88 ta mikroavtobus, 2732 ta yengil avtotransport va 379 ta “DAMAS” rusumli transport vositalaridir.

Viloyat bo‘yicha jami yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari 127 tani tashkil etib, shundan 74 tasi avtobus va 53 tasi yo‘nalishli taksilardir (mikroavtobus, damas).

Viloyatda jami 9 ta avtovokzal va avtostansiyalar hamda 502 ta oraliq bekatlar mavjud. Shuningdek, viloyatda temir yo‘l liniyalari jami         284,4 km.ni tashkil etib, shundan 70,2 km. elektrlashgan liniyalardir.

Joriy yilda 2 ta yangi yo‘nalishlar ochildi. Tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 17 ta avtobus va 12 ta mikroavtobuslar xarid qilinib yo‘nalishlarga joylashtirildi. Forish tumanida 1 ta avtostansiya “Fayzimurod Biznes Siti” MChJ tomonidan qurib foydalanishga topshirildi. Umuman olganda, viloyatda jami 24 ta oraliq bekatlar qurilgan bo‘lib, shundan 20 tasi boshqarma tomonidan, 4 tasi tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan qurib foydalanishga topshirilgan.

2023 yilda 5 ta yangi yo‘nalish ochish, 36 ta avtobus hamda 4 ta mikroavtobus xarid qilish, Zaforobod tumanida 1 ta avtostansiya, boshqa tumanlarda 20 ta oraliq bekatlari qurish hamda “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimiga 1 ta turizm yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan atroflicha fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. Jo‘yali takliflar o‘rtaga tashlandi.

Kelgusi yilda belgilangan rejalarni deputatlik nazoratiga olish, viloyatda jamoat transportini ko‘paytirish masalasini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Zayniddin EShQULOV,

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+