Mutasaddi rahbarlarning hisoboti tanqidiy ruhda muhokama qilindi
01.12.2022, 14:29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralardan vakillar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Sh.O’temisov ochdi va olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibida asosan mamlakatimizda keyingi yillari barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning bajarilishi yuzasidan tegishli vazirlik va tashkilotlarning hisobotlari tinglandi.
Jumladan, Prezidentning 2021 yil 9 dekabrdagi "Yangi O’zbekiston" massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni, 2021 yil 5 noyabrdagi "Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va " Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va 2021 yil 9 dekabrdagi "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masala bo‘yicha deputatlar tegishli vazirlik va tashkilotlarning hisobotlarini tinglar ekan, ayrim sohada uchrayotgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini aytib o‘tdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring