Deputat fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi

01.12.2022, 14:31

Deputat fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Murodqobilov saylovchilar bilan uchrashuvda qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahrining  eng chekka hududidagi  Ingichka qo‘rg‘onidagi “Nurobod” MFY da hamda Narpay tumanidagi Beglar kishlog‘idagi “Obod qishloq” dasturi ijrosini nazoratga olib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda deputat A.Murodqobilov yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Aholi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida tumanning bir qator mahallalaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi va mutasaddilar bilan birgalikda ularga yechim izlandi. E’tiborlisi, hech bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmadi.

Murojaatlarning aksariyat qismi shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Po‘lat Ergashev,

Oliy Majlis qonunchilik

palatasi deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+