Davlat dasturi ijrosi tahlil qilindi
01.12.2022, 14:34

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” Davlat korxonasi ishchi-xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Unda Prezidentimizning Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida qabul qilingan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturi ijrosi, yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi” hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyatini 2023 yilda kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar va uning moliyaviy manbalari belgilab berildi. Shuningdek, viloyatni namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha 4 ta muhim tashabbus e’lon qilindi.
Joriy yil Davlat dasturida 2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, metallurgiya sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qimmatbaho, rangli, noyob metallar, uran, uglevodorod va yer osti suvlari xom-ashyo bazasini keskin kengaytirish vazifalari belgilangan.
Talbirda dasturning ushbu bandlari ijrosi yuzasidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” Davlat korxonasi mas’ul rahbarlari axborotlari eshitildi.
Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi” hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ma’lumot berdi.
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi sektor mudiri, ishchi guruhi a’zosi G’.Turg‘unov, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, O’zLiDeP Navoiy viloyati Hududiy partiya tashkiloti apparati rahbari M.Eshniyozovlar davlat dasturining barcha parametrlari ijrosi yuzasidan doimiy jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borilishi haqida so‘z yuritdi.
O'xshash yangiliklar
-
Surxondaryo kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanadi
14.03.2023, 16:00
-
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – G'ayrat Abdiyev
14.03.2023, 12:14
-
Xalq orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hujjat
13.03.2023, 14:48
-
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
-
Konstitutsion islohotlar
09.03.2023, 13:55
Fikringizni qoldiring