FarDU talaba yoshlarning takliflari tinglandi

01.12.2022, 14:36

FarDU talaba yoshlarning takliflari tinglandi

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi vakillari va deputatlar Farg‘ona davlat unversitetida talaba yoshlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda viloyat va  shahar kengashi deputatlari, partiya faollari hamda hamkor tashkilot vakillari, talaba yoshlar  ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va imkoniyatlar, qator yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlar tomonidan qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. Xususan, kelgusida mazkur dargohni tamomlagandan so‘ng o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarga o‘z bizneslarini boshlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ilmiy ishlanmalar, g‘oyalari va loyihalarini hayotga tadbiq etishda yaqindan yordam ko‘rsatish kabi masalalarda takliflar berildi.

Partiya vakillari va deputatlar talaba yoshlar bilan muntazam hamkorlikda ishlash borasida kelishib olindi.

Mazkur universitetning talabasi Maftunaxon Toxirovaning she’riy to‘plamini  shahar kengashi deputati Baxodir Homidov ko‘magida 500 nusxada chop etishga amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+