Mahallada yig‘ilib qolgan muammolarni deputat o‘z nazoratiga oldi
01.12.2022, 14:37

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Erkin Salixov saylovchilar bilan uchrashdi. Xalq vakili Oqdaryo tumanidagi “Chortut” MFY da joylashgan 36 – umumta’lim maktabida fuqarolarni qabul qildi.
Uchrashuvda xalq vakili yig‘ilganlarga “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida kengroq ma’lumotlar berdi.
Qabul davomida mahalla faolari, fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning ham aksariyat qismi joyida hal etildi. Xususan, mazkur hududdagi 45 – sonli bog‘cha eskirib qolganligi uchun qayta ta’mirlashda amaliy yordam so‘raldi. Fuqarolar Samarqand - Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishidagi 99-sonli avtobekat oldida piyodalar yo‘lakchasi o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘chalarni alfalt qilish, ishga joylashish, uy-joyini kadastr qilish bo‘yicha ham qator murojaatlar qilindi.
Mazkur muammoli masalalar va yechimini topishda deputat E. Salixov tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish orqali hal qilinishini bildirdi.
Xasan Gafurov,
Oliy Majlis qonunchilik
palatasi deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi roli oshiriladi
31.03.2023, 15:57
-
Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar
31.03.2023, 15:56
-
Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar sir saqlanadi
31.03.2023, 15:53
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish davom etmoqda
31.03.2023, 15:49
-
O’qituvchining sha’ni va qadr-qimmati har tomonlama himoyalanadi
31.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring