Nogironligi bor insonlar doimiy e’tiborda

02.12.2022, 15:08

Nogironligi bor insonlar doimiy e’tiborda

Har yili 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni keng nishonlanib kelinadi.

Andijon viloyatida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

3 dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan  Andijon davlat universitetida viloyat Tibbiy- ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi  va siyosiy partiyalar, qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj aholiga mehr-muruvvat ko‘rsatish barchamizning burchimizdir!” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova boshchiligida partiya viloyat kengashi apparat xodimlari ham ishtirok etib tadbirga taklif etilgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga turli esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan. Xalqimizga xos bag‘ri kengligi, mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. Mehrni hamma narsadan ustun qo‘ygani bois, o‘zbek nomi, millat sha’ni yuksalib kelayotir. Bugun kechagidan-da ko‘proq oqibatli bo‘laylik. Zero, insondan mehru muhabbat, odamiylik qolgusidir.

  • Ko'rildi
    255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+