Deputat tashabbusi bilan qishloq yo‘llari ta’mirlandi
02.12.2022, 15:11

Ayni paytda xalq deputatlari G’allaorol tuman Kengashida 9 nafar O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqda. Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan vazifalarni hal qilish, joylardagi mavjud muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topishda g‘allaorollik maslakdosh deputatlarimiz ham alohida faollik ko‘rsatmoqdalar.
Tumandagi Gulchambar QFY hududida joylashgan Jarbuloq qishlog‘idagi 1000 dan ortiq xonadonda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisini uzoq yillardan buyon yo‘llarning nosozligi qiynab kelayotgan edi. Muammoga yechim izlagan Jarbuloqliklar o‘z deputatlariga murojaat qilishdi.
Faol deputatlardan biri Keldiyor Zaripov aholi murojaatini o‘z nazoratiga oldi. Muammo yechimini topish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Aholi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda muammoga atroflicha yechim izlandi.
Sa’y-harakatlar o‘z samarasini berib, 1.3 kilometrlik yo‘l tekislanib, shag‘al to‘kildi. Aholi murojaatlarini o‘z nazoratiga olib, muammoga yechim topgan deputatga ko‘pchilik o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda.
Jamshid Mamarasulov,
O’zLiDeP G’allorol tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring