Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

02.12.2022, 15:13

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

1992 yil 14 oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida e’tirof etilgan. Shundan buyon har yili mazkur sana doirasida nogironlar duch kelayotgan muammolarni chuqurroq anglash, shunday masalalarni hal etish, ularning qadr-qimmati, huquqini himoyalash, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar uyushtiriladi, moddiy ko‘mak ajratiladi.

Mamlakatimizda ham nogironlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularning  ta’lim olib,  kasb-hunar sirlarini egallab, jamiyatning to‘laqonli a’zolariga aylanishlariga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

 Mazkur sana munosabati bilan O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi hamda Jizzax shahridagi Kimyogar MFY xotin-qizlar faollari, viloyat Nogironlar assotsiatsiyasi a’zolari tashabbusi bilan Jizzax shahar “Dehqon bozori”da tashkil etilgan ochiq-ko‘rgazmada ham bu hol yaqqol ko‘zga tashlandi.

Gap shundaki, shahar “Dehqon bozori”da tashkil etilgan o‘ziga xos bu ochiq ko‘rgazmada “Kimyogar” MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor xotin-qizlar uchun tashkil etilgan bepul kasb-xunarga o‘rgatish markazi qatnashchilari  o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Bozorga tashrif buyurgan xaridorlar bu mahsulotlarni bajonidil xarid qilishgani, ko‘rgazmaga o‘z mahsulotlari bilan qatnashgan har bir ishtirokchiga mazkur yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun alohida motivatsiya bergani aniq.

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

 

  • Ko'rildi
    231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+