Navoiylik talaba yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar borasida tushunchalar berildi
02.12.2022, 15:15

Navoiy davlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim metodikasi va maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova hamda partiyaning Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi G’ayratjon Turg‘unov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir doirasida qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar, xususan, yaqinda qabul qilingan yangi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ushbu kodeks yoshlar manfaati uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida mazkur dargohning talaba yoshlari deputat va partiya vakillariga bir qator savollar, takliflar va fikr-mulohazalar bilan yuzlandi.
O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring