Bu yurtda barcha insonlar qadr topadi

02.12.2022, 15:31

Bu yurtda barcha insonlar qadr topadi

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O'zLiDeP Yashnobod tuman Kengashi va Yashnobod tumani IIB hamkorligida tumandagi 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Bolalarga mehr va quvonch ulashaylik” mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi Shomansur Sagdullayev,  Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova, O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Viktor Adilov, partiya faollari, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda estrada xonandalari, sa’natkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan hamda o‘quvchilarning sahna ko‘rinishdagi chiqishlari ishtirokchilarni xushnud etdi va bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Maktab o‘quvchilariga bayram munosabati bilan ko‘plab sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, deputatlar, partiya faollari ishtirokida maktab xovlisiga turli xildagi ko‘chatlar ekildi.

Har qanday jamiyatning madaniyatlilik, bag‘rikenglik va mehribonlik xususiyatlari imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslar va keksalarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi.  Ularni e’zozlash, g‘amxo‘rlik qilish, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. Yangi O’zbekistonni barpo etmoqda ekanmiz barcha sa’y-harakatlarimiz “Inson qadri uchun” degan ezgu, ustuvor g‘oya asosida olib borilayotganligi alohida e’tiborga molik. Bu yurtda barcha insonlar qadr topadi.

  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+