Muborakda tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanishi kerak

02.12.2022, 16:15

Muborakda tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanishi kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari,  O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Muborak sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Partiya yetakchisi mazkur sanoat zonasida faoliyat boshlagan “Oltin don invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ko‘zdan kechirdi. U yerda Turkiya texnologiyasi asosida bir kecha-kunduzda 60 tonna un mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 10 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan. Ish boshqaruvchi Komil Zaripovning aytishicha, jamiyat qoshida makaron ishlab chiqarish sexi ham mavjud bo‘lib, har kuni 1 tonna mahsulot tayyorlanib, iste’molchilarga yetkazib berilayotir. Kelgusida olingan foyda evaziga ishlab chiqarish turi va hajmini kengaytirish rejalashtirilmoqda. “Global xim reagent” MChJ vohadagi neft va gaz konlarida foydalaniladigan har xil kimyoviy reagentlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Aktam Xaitov sintetik yuvish vositalari ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan ham tanishdi. O’ndan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanayotgan korxona sexlarida yosh yigit-qizlarning bandligi ta’minlangan, ammo ular soni juda kam.

-Agar birorta xorijlik tadbirkorga mana shu sanoat zonasida foydalanilmay yotgan yerlardan ikki sotixini yer berib qo‘ysangiz, haligacha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, olingan foyda evaziga hamma yoqni obod qilib yuborar edi, - dedi Aktam Xaitov. - Ammo bu yerga tashrif buyurgan odam sanoat zonasiga keldim deb o‘ylamaydi. Shunday katta maydonda uch-to‘rttagina tadbirkorning faoliyat olib borayotganligi achinarli. E’tiborsizlik tufayli vayronaga aylanib qolgan  binolarni mahalliy yosh tadbirkorlarga berish kerak. Ular o‘z ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yib, tengqurlarini ish bilan ta’minlasin.  Yangi Mehnat kodeksida ham birinchi galda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash alohida e’tirof etilgan.  Yantoqzor bo‘lib yotgan maydonlarda tomchilatib sug‘orish asosida issiqxona tashkil etish mumkinku. Sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarnnig erkin faoliyat olib borishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish, bo‘sh binolarda ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Bu haqda tuman hokimligi mutasaddilari jiddiyroq bosh qotirishlari kerak. Aks holda tuman aholisining bandligini ta’minlash borasidagi dasturlar ijrosi hech qachon ta’minlanmaydi.

Muborak sanoat zonasida tadbirkorlar va mahallalardagi hokim yordamchilari bilan muloqotda Mehnat Kodeksga ko‘ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida mehnat huquqlarini ta’minlash, mehnat huquqlari tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlanganligi, majburiy mehnatni taqiqlash, 14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar, kasb-hunar maktabi, kollej va  texnikumlarini tamomlagan yoshlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishini alohida qayd etdi.     

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+