Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida talaba yoshlar uchun sayohat tashkil qilindi
02.12.2022, 17:25

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida talaba yoshlar uchun sayohat tashkil qilindi. Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Nodir Rajabov, partiya vakillari, universitetning talaba yoshlari ishtirok etdi.
Maqsad - yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, kasbga yo‘naltirish, yoshlar orasida partiyaviy loyihalarni kengroq targ‘ib qilish, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarni targ‘ibot qilishdan iborat.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlarning qabul qilinishi, unda yoshlarning ham taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligini qayd etdi.
Uchrashuvda talaba yoshlar mono markazda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ustozlar tomonidan kasbga yo‘naltirish borasida olib borayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Mazkur markaz asosan joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomida 17 kasb, ingliz, rus, koreys tillari va 6 axborot texnologiyalari (IT) sohalari bo‘yicha o‘quv kurslariga jami 2 ming 573 nafar tinglovchilar qamrab olinib, shundan 1 ming 821 nafar fuqaro aholi bandlikka ko‘maklashish markazi yo‘llanmasi va 752 nafar fuqarolar shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.
Prezidentning 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida hisobot davrida 139 nogironligi bo‘lgan fuqarolar qamrab olinib, shundan 78 nafar fuqaro o‘qishni to‘gatib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, 52 nafar fuqarolar o‘qishni davom ettirmoqda. Sayohat davomida talaba yoshlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, kasbga o‘qitish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan atroflicha javoblar olishdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
-
O’zLiDePdan 100 loyiha: Yosh olimlar Ligasi
22.09.2023, 15:03
Fikringizni qoldiring