Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan tarkib topgan ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modeli – Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya vakillari va tibbiyot xodimlari ishtirokida Guliston tibbiyot klasterida tashkil qilingan tadbirda mazkur o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Guliston tibbiyot klasteri direktori Q.Xotamov tomonidan klasterni tashkil etish jarayonlari, amalga oshirilgan faoliyat, xalq salomatligini saqlashdagi qulayliklari, klasterda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlari va ularning afzalliklari, sifat darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
“Oldinlari bir bemorni kompleks tekshiruvdan o‘tkazishimiz va aniq tashxis belgilanishi uchun ko‘plab tibbiyot soha vakillaridan o‘tkazishda noqulayliklarga duch kelardik va bu bemorlarimizning sarsongarchiligiga ham sabab bo‘lardi. Hozirda klasterga kelib joylashganimizdan so‘ng bunday salbiy holatlarning oldi olindi va tibbiyot vakillarining o‘zaro kelishib aniq tashxis qo‘yilish jarayoni tezlashdi, buning oqibatida bemorlar ham shifokorlardan minnatdor bo‘lmoqda.”, - deydi so‘zga chiqqan endokrinolog J.Tojiyeva.
Tadbir so‘nggida, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan bildirilgan takliflar deputatlar nazoratiga olindi.
Nilufar Otayeva,
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
ishchi guruh a’zosi
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring