Konstitutsiyamiz – yoshlar huquqlarini kafolatlagan qomus

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari tomonidan Jizzax shahar Yengil sanoat kasb-hunar maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Yoshlar xuquqlarini kafolatlagan qomus” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Partiya faollari, deputatlar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh qomusimizni bugungi kun talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish izchil davom ettirilayotganini alohida ta’kidladilar.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga O’zLiDeP viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda
01.04.2023, 14:28
-
Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar
31.03.2023, 15:56
-
Yoshlarga oid yangi normalarni kelajagimiz egalari ko‘tarinki ruhda qarshi olishmoqda
31.03.2023, 12:03
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya yosh olimlar nigohida
27.03.2023, 15:55
Fikringizni qoldiring