156 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
06.12.2022, 11:12

O’zLiDeP Koson tuman kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan “Sherbek” shifokorlik punktida aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida “Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni oldini olishda tibbiy ko‘riklarning ahamiyati” mavzusida davra suhbati va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mudin MFY xotin-qizlari, 194 - maktab yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokidagi davra suhbatida tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklar turlari va ularni oldini olishda tibbiy ko‘riklarning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berishdi.
-Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo bo‘lib, bu kasalliklarning oldini olish uchun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi, - dedi Koson tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Lobar Abilova. - Chunki onkologik kasalliklar hech qanday sipmtomplarsiz, birorta belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda ularni aniqlash imkoni judayam qiyinlashadi. Kasallik qancha kech aniqlansa, darajalariga qarab ularni davolash imkoniyati ham ancha pasayadi. Bir yilda bir marta ayollarni ginekolog ko‘rikdan, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kasallikni erta aniqlashda yordam beradi. Natijada hujayralardagi eng kichik o‘zgarishlargacha oldindan aniqlab, vaqtliroq muolajalarni olib borish orqali ayollarda hech qanday asoratlar qoldirmasdan, bu kasallikni qaytalanishining oldini olish imkonini beradi.
Tadbir doirasida 156 nafar xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 21 nafarida turli xil kasalliklar aniqlanib, shifoxonada va statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring