Asosiy qomusimiz – xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasi

07.12.2022, 14:56

Asosiy  qomusimiz – xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Jizzax shahridagi 18-maktabda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va  Mirzo Ulug‘bek mahallasi  aholisi ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizning mustaqillik yillarida katta yutuq va muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishida, jahon hamjamiyatida munosib obro‘ -e’tiborga ega bo‘lishiga konstitutsiyamiz mustahkam poydevor bo‘lganligi ta’kidlab o‘tildi.

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Nigora Asqarova, ayni paytda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan va Inson qadri eng ulug‘ qadriyat deb qaralayotgan yurtimizda “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida Asosiy Qomusimizni haqiqiy xalq konstitutsiyasiga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini  aytib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari ham so‘z olib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda, shu jumladan, o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Yangi O’zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mustahkam poydevor bo‘ladigan jamiyatimizda xalqning turmush farovonligi yanada oshib borishiga ishonch bildirdilar.

Zayniddin Eshqulov,

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik

guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+