Bosh qomusimiz - yoshlar nigohida

07.12.2022, 15:08

Bosh qomusimiz  - yoshlar nigohida

8 dekabr – huquqiy madaniyatning metindek mustahkam poydevori, hurriyatning haqiqiy himoyachisi, erk va huquqlarimizning kafolati, milliy taraqqiyotimizning qudratli qanoti, siyosiy va huquqiy tafakkurning yorqin ko‘zgusi, el-yurtni ahillikka chorlash, birlashtirishning muhim hamda ta’sirchan vositalaridan biri O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlug‘ kun hisoblanadi.

Ushbu qutlug‘ sana umumxalq bayramlarimiz qatoridan munosib o‘rin egallab, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro, oila taqdirida, ularning bugungi hayoti, ertangi kelajagini, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda Konstitutsiyamizning beqiyos o‘rni, ahamiyati va ta’sirini yana bir bor eslash va tasavvur qilishga undaydi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Prezident ta’lim maktabiga qarashli Nukus shahri 1 sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Bosh qomusimiz – yoshlar nigohida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan tub islohotlarning barchasi “Inson–jamiyat-davlat”  tamoyili asosida  amalga oshirilayotganligi, inson xuquq va manfatlari, erkinliklari yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi barcha-barchasi  bosh qomusimiz bilan uzviy bog‘liq ekanligini qayd etishdi.    

Konstitutsiya mustaqil, erkin, tinch va farovon hayotimiz garovi, kuchli fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy davlat qurish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuv  yoshlarning fikr-takliflari, savol-javoblari bilan davom etdi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+