To‘rtko‘lda ikkinchi marotaba "IT Revolution" forumi o‘tkazildi

09.12.2022, 16:28

To‘rtko‘lda ikkinchi marotaba

Mamlakatimizda keyingi  yillarda ilm, fan va texnika sohasini rivojlantirish, bu borada ayniqsa, yoshlar uchun yetarli sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Ayniqsa, IT infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir. 

Bu borada  yoshlarning  IT sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularni shu sohaga kengroq jalb etish maqsadida To‘rtko‘l tumanida ikkinchi marotaba "IT REVOLUTION" forumi o‘tkazildi. 

Unda o‘z sohasining yetuk  tajribali  mutaxassislari  tomonidan yoshlarga  Kiberxavfsizlik, Front-end,  Back-end,  Dizayn,  Jurnalistika va  SMM bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. 

Barchangizga  ma’lum,  keyingi  yillari barcha sohalar singari  axborot texnologiyalari sohasiga  ham katta e’tibor qaratilyapti, - deydi  O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Kazbek Artikov. - Partiyamizning saylovoldi dasturida ham  raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot-kommunikatsiya va “raqamli” texnologiyalar,  “Raqamli O’zbekiston 2030” dasturini joriy etish, “katta ma’lumotlar” (“Big data”), “blokcheyn”, “aqlli”, “xavfsiz” shahar, “internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida aniq vazifalar belgilab olingan. Bu kabi forumlarning o‘tkazilishi esa  yoshlarga hozirgidek shiddat  bilan rivojlanayotgan bir paytda axborot texnologiyasi va IT sohasi bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini yanada oshirishga, ko‘proq do‘st orttirishda va ertangi kuni o‘z sohasining yetuk kadrlari bo‘lishida turtki bo‘la oladi.

Forum doirasida faol ishtirok etgan yoshlarga hamkor tashkilotlarning sertifikati va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immuniteti, ijodiy-intellektual salohiyatini oshirish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari bo‘yicha bilimini mustahkamlash borasidagi tizimli ishlar, albatta, ushbu sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+