Jizzaxlik ishsiz yoshlar “Ishga marhamat” monomarkaz faoliyati bilan tanishtirildi

13.12.2022, 11:40

Jizzaxlik ishsiz yoshlar “Ishga marhamat” monomarkaz faoliyati bilan tanishtirildi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda partiya Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan  Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Tadbirkorlik - aholi bandligini ta’minlashning muhim manbai” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, quvvati bir vaqtning o‘zida 490 o‘rinli bo‘lgan “Ishga marxamat” monomarkazi bilan  partiya viloyat Kengashi o‘rtasida uzviy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Monomarkazda 5 ta xizmat turi, 22 turdagi kasbga o‘qitish va 5 ta til o‘rgatish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bandligi vaqtincha ta’minlanmagan jizzaxlik yigit-qizlar uchun servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha 8 ta, texnik soha bo‘yicha 7 ta, qurilish sohasi bo‘yicha 5 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 2 ta kasb turlari tashkil etilgan.

Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rgatish kursida rus, ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari, raqamli texnologiyalarni o‘rgatish kursida esa kompyuter savodxonligi, dasturchi 1S buxgalteriya mutaxassisliklari o‘rgatiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik asoslari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi va migratsiya xizmatlari mavjudligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Ayni paytda monomarkazda 24 ta kasb-hunar va 3 turdagi til o‘quv kurslarida 317 nafar band bo‘lmagan yoshlar o‘qitilib, kasb-hunarga o‘rgatilayotir.

Tikuvchilik kursida kasb o‘rganayotgan hamda yaqin mahallalardagi qizlar taklif etilgan tadbirda yurtimizda yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu boradagi imtiyozlar haqida so‘z yuritildi. Mazkur monomarkazda kasb-hunar sirlarini o‘rganish ishtiyoqidagi qizlar esa monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, muloqot davomida ishtirkochilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    515
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+