Bugun O’zLiDeP butun e’tiborini aholini o‘ylantirayotgan asosiy masalaga qaratgan

13.12.2022, 16:44

Bugun O’zLiDeP butun e’tiborini aholini o‘ylantirayotgan asosiy masalaga qaratgan

Sovuq kunlarda aholi duch kelayotgan muammolarni hal qilishni faqat hukumatga tashlab, qarab o‘tirish noto‘g‘ri, barchamiz imkon qadar aholi duch kelayotgan muammoli holatlarni yechishda ishtirok qilishmiz kerak, deydi O’zLiDeP faollari, deputatlar va tadbirkorlar

Bugun yurtimizda hukm surayotgan sovuq ob-havo tufayli ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan muammoli holatlardan barchaning xabari bor.

Albatta, hukumat ushbu holatda aholi duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartarf etish uchun butun sa’y-harakatini ishga solayotganini hamma bilib, ko‘rib turibdi.

Shunday bir vaziyatda O’zLiDeP markaziy va hududiy kengashlari, partiyadan saylangan deputatik korpusi, qolaversa partiyaning faollari bo‘lmish ko‘plab tadbirkorlar bunday muammolardan chetda turmasdan, halqimizning yonida bo‘lishga, har bir holatni aniq o‘rgangan holda tegishli yordamni amalga oshirishga harakat qilishmoqda.

Bugun butun partiya faollari ishtirok qilayotgan ushbu jarayondan har bir viloyat kengashi, har bir tuman tuzilmasi, boshlang‘ich partiya tashkiloti chetda turmaslikka harakat qilishmoqda.

Jumladan, Zangiota tumanidagi “Keng kichik” MFY aholisi ham noqulay ob-havo tufayli elektr tarmog‘idagi muntazam uzilishlar ortidan kelib chiqayotgan muammolardan aziyat chekishayotgandi.

Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashiga O’zLiDePdan saylangan deputat Ilhom Ikramov aholining haqli e’tirozlari bayon etilgan murojaatni tizimli o‘rganib chiqdi. Aholining og‘irini yengil qilish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining bevosita ishtirokida masalani joyiga chiqib o‘rgandi hamda mavjud masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rdi. Natijada, deputat va tegishli idoralar sa’y-harakati bilan juda qisqa vaqt ichida hududdagi 250 ta xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi TP-208 rusumli trasnformator qurilmasini almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Deputatning sa’y-harakati bilan uyiga chiroq qaytgan aholi yurt dardiga malham bo‘layotgan xalq vakilidan, qolaversa, havoning sovuqligiga qaramasdan o‘z mas’uliyatiga sadoqat ko‘rsatib, tez fursatda transformatorni ishga tushirgan soha vakillarining jonbozligidan o‘z minnatdorchiligini bildirishmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar boshqa hududlarda ham amalga oshirilmoqda.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    176
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+