Deputat ko‘magida aholiga 10 tonna ko‘mir yetkazildi
13.12.2022, 17:30

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP deputatlari va faollaridan tarkib topgan ishchi guruh joylarga chiqqan holda bu yilgi qish mavsumini betalofot o‘tkazib olish, bu borada aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganyapti, aholi ehtiyojlari uchun ko‘mir, gaz ballonlari bilan ta’minlab berishda amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.
19-Nodira saylov okrugidan Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputatligiga saylangan Yu.Murodov "Yangiariq" MFYda joylashgan "Lola" uzumchilik-bog‘dorchilik shirkatida aholining qishki mavsumga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida fuqarolar bilan uchrashdi.
Muloqotda aholi tomonidan qish mavsumini betalofot o‘tkazish hamda xonadonlarni isitish uchun ko‘mir bilan ta’minlab berishda amaliy yordam so‘raldi.
Deputat zudlik bilan aholi murojaatini ijobiy hal qilgan holda ushbu hududga 10 tonna ko‘mir yetkazib berdi. Aholi deputat sa’y-harakatidan mamnun bo‘lishdi.
Bundan tashqari ushbu shirkat hududidagi simyog‘ochlar qo‘lbola qilib o‘rnatilganligi sababli, uni yangisiga almashtirib berishda tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring