Sho‘manoy tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 10 tonna ko‘mir bepul tarqatildi

14.12.2022, 12:24

Sho‘manoy tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 10 tonna ko‘mir bepul tarqatildi

Ayni paytda sovuq ob-havo tufayli aholining moddiy ehtiyoji ortadi. Shu bois yordamga muhtoj xonadonlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish mas’ullar oldidagi birlamchi vazifadir.

Bu borada O’zLiDeP deputatlari  va faollaridan  tarkib topgan ishchi guruh joylarga chiqqan holda bu yilgi qish mavsumini betalofat o‘tkazib olish, bu borada aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va aholiga amaliy ko‘mak berish maqsadida  tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov boshchiligidagi partiya faollari va deputatlar Shumanay tumanidagi "Ketenler", "Dehqonobod", "Aybuyir" mahallalarida bo‘lib, fuqarolar holidan xabar olindi. Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi, aholi xonadonlarini isitish uchun 10 tonna ko‘mir bepul tarqatildi.

Respublika bo‘ylab  partiya faollarining bu boradagi xayr-saxovat ishlari  davom etmoqda. 

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+