Deputatlar qish mavsumini betalofat o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

14.12.2022, 12:34

Deputatlar qish mavsumini betalofat o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDeP deputatlari va faollaridan tarkib topgan ishchi guruh joylarga chiqqan holda bu yilgi qish mavsumini betalofat o‘tkazib olish, bu borada aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganyapti, aholi ehtiyojlari uchun ko‘mir, gaz ballonlari bilan ta’minlab berishda amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati J.Rizayev "Sharxonchek", “Baxrobod” va “Yorqinboychek” MFYda istiqomat qilayotgan aholining qishki mavsumga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida fuqarolar bilan uchrashdi.

Muloqotda aholi tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda xonadonlarni isitish uchun ko‘mir bilan ta’minlab berishda amaliy yordam so‘raldi.

Xalq vakili aholi murojaatini shu kunning o‘zida ijobiy hal qilib, ushbu mahallaga 15 tonna ko‘mir yetkazib berdi. Deputatning ushbu saxovatidan mahalla ahli mamnun bo‘lishdi.

  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+