Deputat homiyligida mahallaning ichki yo‘llari ta’mirlab berildi

14.12.2022, 15:54

Deputat homiyligida mahallaning ichki yo‘llari ta’mirlab berildi

O’zLiDePdan saylangan deputatlar o‘zlari saylangan okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazyapti. Yuzma-yuz muloqotlarda deputatlar aholi tomonidan bildirilgan takliflarni, muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

O’zLiDePdan Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputat Bekzodjon Rayimov aholi bilan uchrashuvlarida "Xo‘roba 1", "Xo‘roba 2" mahallalarining ichki yo‘llarini ta’mirlab berishda amaliy yordam so‘ralgan edi. Mahalla aholisi, maktab o‘quvchilari yog‘ingarchilik kunlari ushbu loy yo‘llardan yurishda ancha qiyinchilikka duch kelayotgan edi.

Xalq vakili fuqarolarning ushbu murojaatlarini obdan o‘rganib chiqdi va mahalla ko‘chalarini o‘z homiyligida texnikalar jalb qilib, shag‘al yotqizildi, alfalt qilib berildi.

Endilikda ko‘chalar tekist va obod mahallaga aylandi.

  • Ko'rildi
    195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+