Deputat sa’y-harakatlari bilan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi

15.12.2022, 10:49

Deputat sa’y-harakatlari bilan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDeP deputatlari va faollaridan tarkib topgan ishchi guruh joylarda yuzaga kelayotgan gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, bu boradagi aholi murojaatlarini ijobiy hal qilish borasida amaliy chora-tadbirlar ko‘rmoqdalar.

Zomin tumanidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham   suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdagi yuzaga kelayotgan muammolarga yechim izlab, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari Erkin Xolmatovga murojaat qilishdi.

Xalq noibining sa’y-harakatlari bilan muammo zudlik bilan bartaraf etilib, aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

Aholi murojaatlariga bo‘lgan doimiy e’tibor berayotgan, ularni qiynayotgan  muammolariga yechim topib, dardiga darmon bo‘lishga intilayotgan deputatga ko‘pchilik chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirmoqda.

Zayniddin Ergashev,

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+