Deputatlar ko‘magida aholi murojaatlari hal qilinmoqda

15.12.2022, 11:42

Deputatlar ko‘magida aholi murojaatlari hal qilinmoqda

Bugun yurtimizda hukm surayotgan sovuq ob-havo tufayli ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan muammoli holatlarni bartaraf etishda O'zLiDeP deputatlari joylarga chiqqan holda o‘rganyapti, aholi murojaatlarini hal qilishda faollik ko‘rsatmoqda.

Aholidan ko‘proq elektr energiyasi va isitish tizimi masalasida murojaatlar qilinyapti. O'zLiDePdan saylangan deputatlik korpusi, qolaversa partiyaning faollari bo‘lmish ko‘plab tadbirkorlar bunday muammolardan chetda turmasdan, xalqimizning yonida bo‘lishga, har bir holatni aniq o‘rgangan holda tegishli yordamni amalga oshirishga harakat qilishmoqda.

Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘oni “Shukrona” MFY aholisi elektr energiyasining juda ko‘p o‘chib yonishi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adxam Shodmonovga murojjat qilgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Azim Haqqulov viloyat elektr tarmoqlari AJ mutaxasislari bilan murojjatni joyiga borib o‘rgandi va transformator nosozligi tufayli ko‘p uzilishlar bo‘layotganiga aniqlik kiritdi. Transformator mutaxasislar tomonidan sozlanib masala joyida hal etildi.

  • Ko'rildi
    298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+