Deputat saylovchilar muammolarini ijobiy hal qilish choralarini ko‘rdi

15.12.2022, 11:48

Deputat saylovchilar muammolarini ijobiy hal qilish choralarini ko‘rdi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov ishtirokida Yunusobod tumanidagi “Sharq Haqiqati”, “Katta Xasanboy”, “Hamkorobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va fikr-mulohazalar bildirildi, takliflar berildi. Deputat tomonidan ba’zi muammoli masalalar joyida hal etildi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kommunal xizmatlarini tashkil qilish, xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarning davolanish uchun mablag‘ yetishmasligi, davolanish uchun yo‘llanmalar olish kabi masalalarda murojaatlar qilindi.

Shuningdek, ochiq muloqotda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish masalalari ham muhokama etildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan muammoli masalalarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib olindi va deputat o‘z nazoratiga oldi.

  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+