Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan taraqqiyot strategiyasidagi qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish, chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish yo‘nalishidagi 32-maqsadni amalga oshirish yuzasidan Asaka tumani “Ergashobod” MFYda joylashgan “Pahlavon chorva” fermer xo‘jaligida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda, OzLiDeP Andijon viloyat Kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, partiya faollari, faxriylar, chorvachilikka qiziqqan ayollar va yoshlar ishtirok etdilar.
Mazkur seminarni OzLiDeP Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Odinaxon Turg‘unova kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarga 2022 yilda viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, sohada joriy etilayotgan yangi loyihalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mamlakat taraqqiyotida O`zLiDePning o‘rni va roli xususida alohida to‘xtab o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilar xo‘jalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
-Chorvachilik yo‘nalishdagi tadbirlarning samaradorligini ta’minlash bizning ham vazifamizga aylangan, - deydi xalq noibi, “Samar agro” fermer xo‘jaligi rahbari Bahodirjon Axmedov. - Har bir deputat o‘z saylov okrugi hududida chorvachilikni rivojlantirishga mas’ul etib belgilangan. Bu borada mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari bilan hamkorlik o‘rnatildi. O’ylaymizki, tez orada dastlabki natijalar ko‘zga tashlanib qoladi.
Seminar davomida chorvachilik yo‘nalishida ish boshlamoqchi bo‘lgan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Andijonda quyosh panellari o‘rnatilgan mehmonxonada amaliy seminar tashkil qilindi
20.02.2023, 12:26
-
Ishchi guruhlarimiz vakillari davlat dasturi loyihasi uchun ko‘plab jo‘yali takliflar bildirdilar
14.02.2023, 10:58
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
-
Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30
Fikringizni qoldiring