Deputat aholini qiynayotgan muammolarga yechim topdi

15.12.2022, 17:47

Deputat aholini qiynayotgan muammolarga yechim topdi

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDeP markaziy va hududiy kengashlari, partiyadan saylangan deputatlik korpusi, qolaversa partiyaning faollari bo‘lmish ko‘plab tadbirkorlar sovuq kunlarda yuza kelayotgan muammolarni yumshatish, aholiga elektr energiyasi va isitish tizimi bilan ta’minlashda har bir holatni aniq o‘rgangan holda tegishli yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tinib-tinchimas, jonkuyar deputatlaridan Gavharxon Turg‘unova tashabbusi bilan 3 kun davomida ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga saxovat ko‘rsatdi. Xalq vakili homiyligida “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Atanganguzar”, “Chamanzor”, “Ishonch”, “Go‘zal” mahallalarida aholi xonadonlari uchun 10 tonnadan ortiq ko‘mir tarqatildi.

Aholi murojaatlariga doimiy e’tibor berayotgan, ularni qiynayotgan  muammolariga yechim topib, dardiga darmon bo‘lishga intilayotgan xalq vakiliga minnatdorchilik bildirildi.

  • Ko'rildi
    238
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+