Deputatlik eshituvi: xorijiy turistlar soni nega oshmayapti?

16.12.2022, 16:07

Deputatlik eshituvi: xorijiy turistlar soni nega oshmayapti?

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida  2022−2026 yillarga mo‘ljallangan  “Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”ning  35-maqsadi  “O’zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!”  dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qashqadaryo viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Zokirovning hisoboti eshitildi.   

Unda ta’kidlanishicha, viloyatga joriy yil mobaynida 45 ming nafar xorijlik, 1433 nafar mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. Turizm va unga yondosh sohalarda 16 293 ta ish o‘rni yaratilgan.

Deputatlardan Ibrohim Xalilov, Alisher Boyqarayev, Momosuluv Berdiqulovalar so‘zga chiqib, turistik xizmat turlari kamligi bois turistlarning viloyatda qolish muddatlari juda qisqaligi, turizm logistikasi rivojlanmaganligi, avtobus va mikroavtobuslarning yetishmasligi, yo‘l tarmoqlari ta’mirtalabligi, Qarshi va Shahrisabzda   tashkil qilingan “Turizm ko‘chalari”dagi xizmat ko‘rsatish shahobchalari, avtobus qatnovlari va tungi nazorat kameralari 24/7 tartibda ishlamayotganligi, viloyatning turizm ramziy belgisi etib “Shahrisabz brendi” ko‘rsatilgan bo‘lib, Oq-saroy majmuasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar talab darajasida emasligini tanqid qildilar. 

- Shahrisabz aerodromi uchish yo‘lagini uzaytirish orqali respublika bo‘ylab ichki qatnovlarni, avtobus qatnovlarini tashkil etish lozim, -dedi viloyat kengashi deputati Alisher Boyqarayev. - Turizm magistrali “Muzlikdan – sahroga qadar” loyihasini amalga oshirish uchun 30 km ichki yo‘llarni joriy, xalqaro axamiyatga ega bo‘lgan 27 km yo‘lni qayta ta’mirlash ishlari kechikayapti. Dor yo‘li qurish istagida bo‘lgan investorlarga auksionsiz yer maydonini ajratish kerak.  Vohadagi “Turizm ko‘cha”larida   jamoat avtobuslari qatnovi, xizmat ko‘rsatish shahobchalari va nazorat kameralarini tungi vaqtlarda faoliyati  tashkil etilishi kerak.

Yig‘ilishda viloyatda turizmni rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazoratiga olish, masalasini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+