Deputatlik eshituvi: hududlardagi avtomobil qatnov va ichki yo‘llar holati tahlil qilindi

16.12.2022, 16:15

Deputatlik eshituvi: hududlardagi  avtomobil qatnov va ichki yo‘llar holati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida Prezidentning “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Tumandagi avtomobil yo‘llari qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yo‘llar bo‘yidagi infratuzilmalarni rivojlantirish borasida mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Baliqchi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tuman hududidan o‘tuvchi 230 km umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarga xizmat ko‘satadi. Shundan  81 km davlat ahamiyatidagi va 149 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llardan iborat. Joriy yil  mobaynida avtomobil yo‘llarida transport qatnovni ta’minlash va harakat xavfsizligini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar aniq raqamlarda ko‘rsatib o‘tilgan.

 Shuningdek, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  tuman hududidan o‘tuvchi 230 km umumfoydanaluvdagi avtomobil yo‘llarda yil davomida doimiy  harakat xavfsizligini saqlagan holatda transport qatnovni ta’minlash ishlari olib borildi.

Qizg‘in muhokamali tarzda o‘tgan yig‘ilishda xalq noiblari o‘z hududlaridagi  avtomobil qatnov va ichki yo‘llarni holatini o‘rganish hamda  deputatlik  so‘rovlari chiqarish, partiya deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etilgan masalani   Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi  “Sanoat, transport, qurilish kommunal xo‘jaligi, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si yig‘ilishi muhokamasiga va Sessiyaga kiritish taklifi bildirildi.

  • Ko'rildi
    170
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+