Deputat ko‘magida aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir tarqatildi

16.12.2022, 16:21

Deputat ko‘magida aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir tarqatildi

O`zLiDeP deputatlari mamlakatimizda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini kuzatilayotgan kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilishda ko‘maklashishga qaratishgan.

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik  guruhi rahbari Nuriddin Begmatov ham o‘zi saylangan hudud “Paxtakor”, “Dehqonobod”, “Yoshlik-2” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholining mushkulini oson qilishga bel bog‘lagan.

Bu yilgi qishning keskin sovuq kelgani aholini elektr energiyasi, suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda qator qiyinchiliklarni tug‘dira boshlagandi.

Deputat Nuriddin Begmatov aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va ko‘mir bilan ta’minlashga yaqindan ko‘maklashish maqsadida 1-sektor ishchi guruhi a’zolari, Bekobod tumangaz, Zafar elektr tarmoqlari idorasi rahbarlari bilan birgalikda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Deputat bosh-qoshligida aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir tarqatilib, elektr tarmog‘ida uzilishlar bo‘lmasligi qat’iy nazorat qilinmoqda.

Natijada, aholi xonadonlarining barqaror energiya va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga erishilmoqda.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+