Deputat o‘z saylov okrugida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil etdi

20.12.2022, 10:06

Deputat o‘z saylov okrugida  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil etdi

Ma’lumki, shu kunlarda  butun yurtimizda bo‘lganidek Buxoro viloyatida ham qish mavsumini betalofot o‘tkazish, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi  uzilishlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy Kengash deputatlarining bu boradagi tushuntirish ishlari o‘z kutilgan natijasini berayapti. Ayniqsa qish-qirovli kunlarda aholining kam ta’minlangan va ehtiyojmand toifasidagi kishilarni turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti.

Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi deputati Shuhrat Boboyev sa’y-harakati bilan o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi Kozikenti MFYning Xosakor, Janapar, Kozikenti qishloqlari aholisi uchun  arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi  tashkil etilib,  aholiga maqbul narxlarda yangi va sifatli kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bunday xayrli ishga bosh-qosh bo‘lgan xalq vakiligi aholi o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

  • Ko'rildi
    347
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+