O’zLiDeP faoli bo‘lgan hokim yordamchisining amaliy ishlari bilan tanishildi

20.12.2022, 10:08

O’zLiDeP faoli bo‘lgan hokim yordamchisining amaliy ishlari bilan tanishildi

Bugungi kunda mahallalarda “mahallabay” ishlash tizimi keng yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida joylarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasi va bandligini ta’minlash ishlari mahalla darajasida amalga oshirila boshlandi. Hokimlarning mahallalardagi yordamchilari faoliyati ham ana shu vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri A.Uzoqov aynan partiya faoli bo‘lgan bugungi kunda hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan deputatlarning hududlarida bo‘lib,  ularning faoliyati bilan tanishdi.

Dastlabki manzil Karmana tumanidagi Mir Said Bahrom mahallasi bo‘ldi. Bu yerda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, partiyaning Yoshlar qanoti raisi Behzod Savurov mahalladagi ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishda, kreditlar olishda, yoshlarning kasb-hunar o‘rganishida yaqindan yordam berib kelayotganligi faktlarda isbotini topdi.

- 2600 nafar aholi istiqomat qilayotgan Mir Said Bahrom mahallasining asosiy drayveri xizmat ko‘rsatish sohasi hisoblanadi, -deydi hokim yordamchisi Behzod Savurov.

- Hududdagi 8 ta ob’ekt tadbirkorlarga foydalanish uchun berildi va ishga tushirildi. Shuningdek, foydalanilmay kelinayotgan va qurilishi tugallanmagan bino zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, o‘quv markazi tashkil etildi. Jumladan, mahallada yangi ish boshlagan “Algorizmus” nodavlat ta’lim markazi zamonaviy jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlari bilan e’tiborimizni tortdi. Ta’kidlanishicha, avval bu foydalanilmayotgan va qarovsiz bino bo‘lgan. B.Savurovning sa’y-harakati bilan ushbu qarovsiz bino tadbirkor Sh.Nuriddinovga berildi. U binoni to‘liq qayta qurib, yoshlar uchun 500 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosini barpo etdi. Hozirgi vaqtda ushbu nodavlat o‘quv markazida 14 nafar xodim 9 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarga bilim berib kelinyapti. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar va ko‘p bolali oilalar farzandlari uchun to‘lovlarda chegirmalar joriy qilingan.

Keyingi manzil Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “O’zbekiston” mahallsining hokim yordamchisi Husen Amonovning partiyaning elektorati bo‘lgan tadbirkorlar bilan olib borayotgan ishlari bilan tanishildi.  Mahalla hududida uzoq yillardan buyon bo‘sh turgan yerda tadbirkor tomonidan qurilib, ishga tushirilgan “Kids Akademy” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. X.Amonovning ta’kidlashicha, mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joriy yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, u eng zamonaviy ko‘rinishda barpo etilgan.

Muassasa ishga tushishi bilan 50 kishi ish bilan ta’minlandi. “Bilimdon” dasturi bilan ishlash barobarida, noan’anaviy usullarda ham dars mashg‘ulotlari olib borilyapti. Maskanda rus, koreys tili, ingliz tili bo‘yicha, mental arifmetika bo‘yicha va gimnastika, taekvondo bo‘yicha to‘garaklar ham tashkil etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, partiya faollari bo‘lgan eng ilg‘or hokim yordamchilarining olib borayotgan amaliy ishlari natijasida katta g‘ayratu shijoat bilan ish boshlagan yosh tadbirkorlarning amalga oshirayotgan yangi loyihalari bilan tanishdilar. Eng muhimi, har bir yangilanishda, istiqbolli loyihalarning hayotga tatbiq etilishida va bunyodkorlik ishlarida tadbirkorlarning hissasi katta ekanligiga yana bir bor amin bo‘lmoqdamiz.

O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

 Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+