Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosiga har birimiz mas’ulmiz

20.12.2022, 15:27

Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosiga har birimiz mas’ulmiz

Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida Yangi O’zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish maqsad qilingani haqida to‘xtalib o‘tildi. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir.

Shu bois ham ijtimoiy sohaning muhim bo‘g‘ini sanalmish ta’limni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratiladi. Xususan, 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb e’lon qilingani ham ushbu yo‘nalishda katta o‘zgarishlar bo‘lishini bildiradi.

Shu asosida 2023 yildan maktab ta’limi xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilinadi. Bugun ko‘pchilik chekka hududlarda 2 smenali o‘qish tizimiga o‘tilgan. Boisi, sinfxonalar yetishmaydi. Ushbu masalani hal etish uchun bu yil yana 70 ta yangi maktab qurilib, 460 ta maktab kengaytiriladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladigan bo‘ldi. Yana 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan yangi dastur asosida samarali foydalaniladi. Ya’ni har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi. Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida muhandislik maktablari ham tashkil qilinadi. Bu tizim orqali esa yurtimizda yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimi yaratiladi.

Bu borada parlament deputatlari ham joylarda sifat va sharoitni nazoratga olishi lozim. Albatta, bu biz deputatlarga katta mas’uliyat yuklaydi.

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+